Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Zarafşon milliy tabiat boği ma’muriyati Çegara kanalida doimiy suv oqimi töxtaganini tasdiqladi. Uşbu kanal köp yillar davomida yovvoyi hayvonlar uçun suv manbalaridan biri bölib xizmat qilgan.
Muammoning sabablarini aniqlaş maqsadida suv xöjaligi mutaxassislari va gidrolog olimlar iştirokida qöşma tadqiqot ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Ma’muriyatning bayonotiga EKOLOG.UZ portali va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan boğ ilmiy xodimi E. B. Xolmanovning «Qurğoqçilik va özboşimçalik milliy boğga tahdid solmoqda» nomli maqolasi sabab böldi.
Boğ xodimlarining kuzatuvlariga köra, muhofaza etiladigan hudud çegarasi böylab ötuvçi kanalda suv hajmi 2022 yildan boşlab sezilarli darajada kamaya boşlagan. 2023 yilda esa doimiy suv oqimi töxtagan.
Avvallari kanal mahalliy hayvonot dunyosi vakillarini, jumladan, buxoro buğusi va zarafşon qirğovulini suv bilan ta’minlagan. Boğ ma’muriyati maqola muallifining ekologik özgarişlar yuzasidan bildirgan xavotirlariga qöşilişini ta’kidladi.
Şu bilan birga, suv oqimining töxtaşiga olib kelgan aniq sabablar hozirça belgilanmagan. Ehtimoliy omillar qatorida Zarafşon daryosining gidrologik rejimidagi özgarişlar va xöjalik faoliyati ta’siri körsatilgan. Uşbu taxminlarni tasdiqlaş uçun qöşimça tadqiqotlar ötkaziş zarur.
Boğ ma’muriyati suv xöjaligi mutaxassislari, gidrolog olimlar va vakolatli organlar vakillari iştirokida vaziyatni birgalikda örganiş taşabbusi bilan çiqişni rejalaştirmoqda.
Tadqiqot natijalariga köra, Çegara kanalida suv ta’minotini ehtimoliy tiklaş va milliy boğ ekotizimini saqlab qoliş böyiça takliflar işlab çiqiş közda tutilgan.