Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 22–23-oktabr kunlari Bişkek şahrida “Yuqori sifatli rivojlaniş va birgalikdagi modernizatsiya” mavzusida VI “Xitoy — Markaziy Osiyo” tahliliy markazlar forumi bölib ötdi. Tadbir Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti hamda Qirğiz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy strategik taşabbuslar instituti tomonidan taşkil etildi.
Forum Xitoy va Markaziy Osiyoning beş davlatidagi yetakçi tahliliy va tadqiqot markazlari vakillarini birlaştirdi. Özbekiston tomonidan tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi hamda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ekspertlari iştirok etdi.
Iştirokçilar birgalikdagi modernizatsiya, transport va raqamli özaro boğliqlikni rivojlantiriş, işlab çiqariş kooperatsiyasini çuqurlaştiriş hamda sun’iy intellektni joriy etiş istiqbollarini muhokama qildi. Inson kapitalini mustahkamlaş va gumanitar aloqalarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Sirkulyar iqtisodiyot masalalariga bağişlangan sessiyasida sözga çiqqan SMTI direktori örinbosari Baxtiyor Mustafayev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy örtasida çiqindilarni qayta işlaş hamda resurslardan takroran foydalaniş sohasidagi hamkorlik uçun mavjud imkoniyatlarni qayd etdi. Uning baholaşiça, qöşma qayta işlaş korxonalarini taşkil etiş mintaqaning özida qöşilgan qiymat va yangi iş örinlari yaratiş imkonini beradi.
B.Mustafayev Özbekistonda bunday hamkorlikni kengaytiriş uçun barça zarur şaroitlar şakllanib borayotganini ta’kidladi. Mamlakatda sohaga ixtisoslaşgan agentlik taşkil etilgan, çiqindilarni boşqarişda xususiy sektor iştiroki ortmoqda, çiqindilardan energiya işlab çiqaruvçi 11 ta zavod quriş böyiça loyihalar portfeli tayyorlanmoqda. Uşbu loyihalarni amalga oşirişda Xitoy texnologik kompaniyalari asosiy hamkorlar sifatida iştirok etmoqda.
Mintaqaviy istiqbollarga töxtalib, SMTI direktori örinbosari Markaziy Osiyoda har yili qariyb 25 million tonna qattiq maişiy çiqindi hosil bölişiga e’tibor qaratdi. Şu bilan birga, milliy bozorlar hajmining çeklanganligi har bir mamlakatda murakkab tarkibli çiqindilarning barça turlarini qayta işlaşning töliq siklini yölga qöyişni qiyinlaştirmoqda.
Bunday şaroitda u transçegaraviy qöşilgan qiymat zanjirlarini şakllantirişni istiqbolli yeçim sifatida körsatdi. Uşbu yondaşuv mintaqa mamlakatlarida ikkilamçi xomaşyoni yiğiş va unga dastlabki işlov berişni ixtisoslaşgan texnologik markazlarda çuqur qayta işlaş bilan boğlaşni nazarda tutadi. B. Mustafayevning fikriça, Markaziy Osiyoning resurs bazasini Xitoy texnologiyalari va tajribasi bilan uyğunlaştiriş uşbu kooperatsiyani kengaytiriş uçun imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur hamkorlikni amaliy rivojlantiriş maqsadida SMTI vakili uçta ustuvor yönalişni belgilab berdi.
Birinçi — Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Xitoyga standartlarga mos ikkilamçi xomaşyo yetkazib berişni kengaytiriş. B.Mustafayevning izohlaşiça, bunda Xitoy talablariga javob beradigan qayta işlangan materiallar nazarda tutilmoqda. Mintaqada elektromobillar, akkumulyatorlar va raqamli uskunalardan foydalaniş kölamining ortişi ularni qayta işlaş quvvatlarini yaratiş hamda olinadigan xomaşyoni sotişning barqaror kanallarini yölga qöyiş dolzarbligini oşirmoqda.
Ikkinçi — qayta tiklanuvçi energetika uskunalarini utilizatsiya qiliş va qayta işlaş böyiça qöşma korxonalarni işga tuşiriş. SMTI direktori örinbosarining baholaşiça, quyoş va şamol elektr stansiyalarining jadal qurilişi uskunalarni foydalaniş muddati tugagaç qayta işlaşga oldindan tayyorgarlik körişni talab etadi. Xususan, Xitoy tomonining hamkorligi bilan xizmat muddatini ötab bölgan quyoş panellaridan kremniy, kumuş va polimerlarni ajratib oliş hamda ularni işlab çiqarişda takroran qöllaşni yölga qöyiş mumkin.
Uçinçi — sirkulyar iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlaş uçun qöşma ta’lim dasturlarini işlab çiqiş. B.Mustafayev Özbekiston tomonidan uşbu yönalişda tegişli magistratura dasturi yölga qöyilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti — “Green University” hamkor bölişi mumkinligini qayd etdi. U mutaxassislar tayyorlaş yangi korxonalarni malakali kadrlar bilan ta’minlaş va mazkur sohada uzoq muddatli hamkorlik uçun asos yaratiş imkonini berişini ta’kidladi.