Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev 2026 yil 18 oktyabr kuni Bag‘dod shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Ismoil Uld Shayx Ahmad bilan uchrashdi.
Muzokaralar IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekistonning tashkilot bilan hamkorligining joriy holati, o‘zaro aloqalarni yana-da mustahkamlash istiqbollari hamda IHT doirasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashildi.