O‘zbekiston

ISC Markaziy Osiyo va Kavkaz uçun mintaqaviy ofis oçdi

ISC Markaziy Osiyo va Kavkaz uçun mintaqaviy ofis oçdi
ISC Markaziy Osiyo va Kavkaz uçun mintaqaviy ofis oçdi / Foto: Özbekiston Fanlar akademiyasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — InnoWeek-2026 xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Xalqaro ilmiy kengaşning (International Science Council, ISC) Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uçun mintaqaviy ofisining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Marosimda Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov va Xalqaro ilmiy kengaşning boş ijroçi direktori Salvatore Ariko iştirok etdi.

Oçiliş marosimida Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari fanlar akademiyalari hamda ilmiy taşkilotlari vakillari, şuningdek, xalqaro tuzilmalar vakillari ham qatnaşdi.

Xalqaro ilmiy kengaş dunyoning turli mamlakatlaridagi 250 ta ilmiy taşkilotni birlaştirgan notijorat taşkilot hisoblanadi.

Uning a’zolari qatoriga xalqaro ilmiy ittifoqlar va assotsiatsiyalar, milliy fanlar akademiyalari va tadqiqot kengaşlari, xalqaro va mintaqaviy federatsiyalar hamda jamiyatlar, şuningdek, yoş olimlar akademiyalari va assotsiatsiyalari kiradi.

ISC 2018 yilda 1931 yilda taşkil etilgan Xalqaro fan kengaşi va 1952 yilda taşkil etilgan Xalqaro ijtimoiy fanlar kengaşining birlaşişi natijasida tuzilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.