Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 27 oktyabr kuni Ostona şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari bola huquqlari böyiça vakillarining II xalqaro forumi bölib ötdi. Forum «Bolalar ovozi: milliy strategiyalar va xavfsiz raqamli muhit» mavzusiga bağişlandi.
Iştirokçilar bola huquqlarini ta’minlaş böyiça milliy strategiyalar, bolalarni himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Oliy Majlisining Bola huquqlari böyiça vakili xabar berdi.
Markaziy Osiyo bolalar ombudsmanlari hamkorligining mintaqaviy platformasini yaratiş taşabbusi Özbekistonga tegişli. Birinçi forum Toşkent şahrida ötkazilgan.
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy va Yaponiyaning bola huquqlari böyiça vakillari iştirok etdi. Şuningdek, Yevropa bolalar ombudsmanlari tarmoği (ENOC), YUNISEF va YEXHT vakillari, BMT Boş kotibining bolalarga nisbatan zöravonlik masalalari böyiça maxsus vakili Najat Maalla Mjid ham qatnaşdi.
Forumda bolalar uçun teng imkoniyatlar yaratiş, inklyuziv muhitni rivojlantiriş, ularni raqamli makondagi tahdidlardan himoya qiliş va psixologik farovonligini ta’minlaş masalalari körib çiqildi. Iştirokçilar bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlari, ilğor tajribalar almaşinuvi hamda idoralararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratdi.
Yalpi majlisda Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili Özbekistonning bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlaş borasidagi tajribasi haqida sözlab berdi.
Uning ta’kidlaşiça, bu davlatning uzoq muddatli strategik vazifasidir. Sönggi beş yilda Özbekistonda bola huquqlariga oid asosiy qonunlar qabul qilindi, ixtisoslaştirilgan organlar taşkil etildi va bolalarni ijtimoiy himoya qilişning yangi şakllari joriy qilindi.
Idora ma’lumotlariga köra, forum iştirokçilari Özbekiston tajribasiga yuqori baho berdi.