Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda eksport yuklarini taşuvçi transport vositalari ustidan fitosanitariya nazorati kuçaytiriladi.
Bunga 2026 yilda xorijiy mamlakatlardan Özbekiston mahsulotlarining fitosanitariya talablariga muvofiq emasligi yuzasidan kelib tuşgan 683 ta e’tiroz sabab böldi. Bu haqda Özbekiston Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
Eng köp e’tiroz Rossiya tomonidan yuborilgan — 474 ta. Xitoydan 198 ta, Qozoğistondan esa 8 ta e’tiroz kelib tuşgan.
E’tirozlarning asosiy qismi mahsulotlarda zararli organizmlar aniqlangani bilan boğliq. Şu sababli eksport yuklarini taşişda foydalaniladigan transport vositalarining yuk bölimlari fitosanitariya holatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Eksportyorlar va taşuvçilar fitosanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirildi. Bu eksport yuklarining uşlanib qolişi, mahsulotlarning qaytarilişi va xorijiy mamlakatlar tomonidan qöşimça çeklovlar joriy etilişining oldini olişga yordam beradi.