7
Özbekiston

Demokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

Demokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
Demokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi / Foto: Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda Demokrat.uz sayti rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarov avtosalon vakillaridan 50 ming dollar talab qiliş bilan boğliq iş böyiça 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi Mehmonovni tovlamaçilik, firibgarlik hamda öqotar qurol, öq-dorilar va portlovçi moddalarning qonunga xilof muomalasida aybdor deb topdi. Sud uning harakatlarini Özbekiston Jinoyat kodeksining 165, 168 va 248-moddalari bilan kvalifikatsiya qildi.

Ğoipnazarov esa Jinoyat kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan tovlamaçilik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Mehmonovga 10 yil 3 oy, Ğoipnazarovga esa 10 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Har ikki mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaydi.

Bundan taşqari, sud Mehmonovdan jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni undiriş haqida qaror çiqardi.

Naşrda keltirilgan ma’lumotlarga köra, iş figurantlari fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda avtosalonlardan birining faoliyatini obrösizlantiruvçi videoni joylaştirganidan keyin qölga olingan. Aytilişiça, ular videorolikni öçirib taşlaş evaziga 50 ming dollar talab qilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.