Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1–10 noyabr kunlari quyoş va şamol elektr stansiyalari Özbekistonda işlab çiqarilgan elektr energiyasining 9,4 foizini yetkazib berdi. Buning natijasida 63 million kub metr tabiiy gaz tejaldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi.
Ön kun davomida mamlakatda jami 2,5 milliard kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Şundan 140,6 million kVt·soati quyoş elektr stansiyalari, 95,7 million kVt·soati esa şamol elektr stansiyalari hissasiga töğri keldi. Ularning faoliyati natijasida atmosferaga 136 ming tonna zararli moddalar çiqarilişining ham oldi olindi.
Şu davrda issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi işlab çiqariş uçun 405,5 million kub metr tabiiy gaz yoqildi.
Nega barçasi ob-havoga boğliq?
Quyoş va şamol elektr stansiyalari qança köp elektr energiyasi işlab çiqarsa, şunça köp gazni tejaş mumkin. Biroq bunday stansiyalardagi işlab çiqariş hajmi ob-havo şaroitiga boğliq. Şu sababli, vazirlik tuşuntirişiça, ular sutkaning istalgan vaqtida elektr energiyasiga bölgan talabni bir xil darajada qoplay olmaydi.
Kuz-qiş mavsumida kunlar qisqaradi, quyoş nurlanişi esa kamayadi. Quyoş panellarining elektr energiyasi işlab çiqarişiga bulutli ob-havo ham ta’sir körsatadi.
Şamol elektr stansiyalarining işlaşi esa şamol tezligiga boğliq. Şamol kuçsiz bölganida ular kamroq elektr energiyasi işlab çiqaradi.
Ikki kun — ikki xil manzara
8 noyabr kuni quyoş va şamol elektr stansiyalari birgalikda 38,6 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqardi. 9 noyabrda esa ularning işlab çiqariş hajmi 11,9 million kVt·soatgaça pasaydi.
Şu ikki kun davomida issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 187,7 milliondan 214,2 million kVt·soatgaça oşdi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, quyoş va şamol energiyasi kam bölgan paytlarda iste’molçilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaşda issiqlik elektr stansiyalari muhimroq örin tutadi. Uylar, şifoxonalar, maktablar va korxonalarga sutka davomida uzluksiz elektr energiyasi kerak.
Gaz sarfini yana qanday kamaytiriş mumkin?
Vazirlik hisoblaşiça, buning uçun faqat yangi quyoş va şamol elektr stansiyalarini qurişning özi yetarli emas. Şuningdek, elektr energiyasini saqlaş imkoniyatlarini kengaytiriş, yangi uzatiş tarmoqlari va podstansiyalar quriş, boşqa barqaror energiya manbalarini rivojlantiriş ham muhim.
Masalan, energiyani saqlaş tizimlari quyoşli soatlarda işlab çiqarilgan ortiqça elektr energiyasini töplaydi. Talab oşganida esa uşbu energiya tarmoqqa uzatiladi.
Energetika vazirligi baholaşiça, quyoş va şamol elektr stansiyalari gazni tejaş va zararli moddalar çiqindilarini kamaytiriş imkonini beradi. Biroq bunday stansiyalarning uzluksiz işlaşi dunyoning heç bir mamlakatida kafolatlanmagan. Issiqlik elektr stansiyalari energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlaşning muhim şarti bölib qolmoqda.
Vazirlik ta’kidlaşiça, energetika tizimining işonçliligi barça uşbu energiya manbalarining qay darajada uyğun va muvofiq işlaşiga boğliq.