7
Iqtisod

Özbekiston va Afğoniston oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Özbekiston va Afğoniston oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Özbekiston va Afğoniston oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Afğoniston qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari savdosini kengaytiriş, şuningdek, veterinariya va fitosanitariya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.

Qömita raisi Azizbek Urunov Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Mavlaviy Sadr A’zam Usmoniy boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.

Qömita ma’lumotlariga köra, 2026 yil 1 noyabr holatiga Özbekiston Afğonistonga 1,33 million tonna oziq-ovqat mahsulotini eksport qilgan. Yetkazib berilgan mahsulotlar qiymati 429,9 million dollarni taşkil etgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 12,1 foizga yuqori bölgan.

Muzokaralar davomida Afğonistondan gilos va örik import qilişni boşlaş uçun fitosanitariya xavflarini tahlil qiliş işlarini yakunlaş imkoniyati körib çiqildi. Şuningdek, Afğoniston kartoşkasi yetkazib beriş hajmini 300 ming tonnaga yetkaziş masalasi muhokama qilindi.

Afğonistonning göştni qayta işlaş korxonalarini tegişli reyestrga kiritiş jarayonini tezlaştiriş, mamlakat veterinariya xizmatini auditdan ötkaziş va göşt mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalarda inspeksiyalar taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan taşqari, Özbekistonda yetiştirilgan baliq va baliq mahsulotlari eksportini Afğonistonga kengaytiriş masalasi ham muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida iştirokçilar belgilangan yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni davom ettiriş, soha mutaxassislari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va mavjud masalalarni bosqiçma-bosqiç hal etişga kelişib oldilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.