Özbekiston

Özbekiston SSVsi şifoxonaga yotqizilgan qozoğistonliklar ahvoli haqida ma’lumot berdi

Özbekiston SSVsi şifoxonaga yotqizilgan qozoğistonliklar ahvoli haqida ma’lumot berdi
Özbekiston SSVsi şifoxonaga yotqizilgan qozoğistonliklar ahvoli haqida ma’lumot berdi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkentda ötkir diareya alomatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan Qozoğistonning 20 nafar fuqarosining ahvoli haqida batafsil ma’lumot berdi. Idora ma’lumotiga köra, ikki nafar bemor şifoxonadan çiqarilgan, qolganlarning ahvoli barqaror va qoniqarli deb baholanmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga köra, Qozoğistondan kelgan ayrim bolalar va ularga hamrohlik qilgan şaxslarda dastlabki alomatlar 1 noyabr kuni poytaxtdagi mehmonxonalardan birida nonuştadan keyin paydo bölgan. Menyuda tuxum va sosiskalar bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ular yetarliça pişirilmagan bölişi mumkin.

Şu kuni 13 nafar kişida qayt qiliş, iç ketişi, qorin oğriği va tana harorati kötarilişi kuzatilgan. Ular Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib borilgan. Birinçi yordam körsatilganidan söng bemorlar 5-son şahar klinik yuqumli kasalliklar şifoxonasiga ötkazilgan.

2–3 noyabr kunlari şifoxonaga şunga öxşaş alomatlar bilan yana yetti nafar kişi kelib tuşgan.

Tekşiruv natijalariga köra, 20 nafar bemorning barçasiga dastlabki «ötkir diareya» taşxisi qöyilgan. Ularga belgilangan tibbiy standartlarga muvofiq davolaş muolajalari tayinlangan.

Soğliqni saqlaş vazirligi bemorlar orasida reanimatsiya bölimida bölganlar yöqligini ta’kidladi. Şifoxonaga yotqizilganlarning barçasi şifokorlar nazoratida.

Ayni paytda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar oldi. Laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda. Tekşiruvning yakuniy natijalari qöşimça ravişda e’lon qilinadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.