Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi migratsiya va personallaştiriş bölinmalari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Hujjatda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni turgan joyi böyiça röyxatga oliş muddatlarini aniqlaştiriş nazarda tutilgan. Jumladan, amaldagi qonunçilikda oylar bilan belgilangan muddatlarni kalendar kunlarda hisoblanadigan muddatlarga almaştiriş taklif etilmoqda.
Qonun loyihasida ta’kidlanişiça, bunday yondaşuv röyxatga oliş muddatlarini aniq belgilaş va tegişli normalarni amaliyotda turliça talqin qilişning oldini oliş imkonini beradi.
Bundan taşqari, migratsiya va personallaştiriş sohasidagi davlat organlarining vakolatlari hamda nomlarini amaldagi taşkiliy tuzilmaga muvofiqlaştiriş maqsadida bir qator qonun hujjatlariga özgartiriş kiritiş taklif etilmoqda.
Xususan, «migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş» atamasini «migratsiya va personallaştiriş» iborasiga almaştiriş nazarda tutilgan. Bu qonunçilikda atamalarning bir xil qöllanilişini ta’minlaşi kerak.
Deputatlarning fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning noqonuniy mehnat faoliyatining oldini oliş, migratsiya sohasidagi davlat xizmatlari samaradorligini oşiriş hamda qonunçilik normalarini özaro muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.