Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov Samarqandda xalqaro hamkorlar bilan qator uçraşuvlar ötkazdi. Ularda ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va öqitiş sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli rivojlaniş sari» mavzusidagi Jahon sammiti doirasida bölib ötdi.
Qirğiziston ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva bilan uçraşuvda qirğiz tilida ta’lim beriladigan maktablar uçun darsliklar tayyorlaş, öqituvçilar malakasini oşiriş va tajriba almaşiş masalalari körib çiqildi. Şuningdek, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari örtasida qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş va talabalar almaşinuvini taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.
Fransiyaning bolalar masalalari böyiça oliy komissari Sara El-Xayri bilan muzokaralarda maktabgaça ta’limni rivojlantiriş, inklyuziv ta’limni qöllab-quvvatlaş va pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar, şuningdek, tajriba almaşiş hamda bolalar farovonligini ta’minlaşga qaratilgan qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça inson kapitalini rivojlantiriş yönalişi mintaqaviy direktori Aparna Somanatan bilan uçraşuvda maktab ta’limi sifatini oşiriş, ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va öqituvçilarning kasbiy salohiyatini mustahkamlaş asosiy mavzu böldi. Şu bilan birga, tomonlar “Bilim” loyihasini amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Uçraşuvlar xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, ilğor ta’lim tajribalarini joriy etiş va bolalarning sifatli ta’lim olişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratildi.