Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Piskent tumanida yangi intellektual köçatxonalar majmuasini foydalanişga topşiriş marosimi bölib ötdi. Majmua Ekologiya qömitasi huzuridagi Örmon xöjaligi agentligi Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) Özbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oşirayotgan «Toşkent viloyati örmon va şahar hududlarini intellektual texnologiyalar asosida kökalamzorlaştiriş» loyihasi doirasida barpo etildi.
Marosimda Örmon xöjaligi agentligi direktorining örinbosari Ğolibjon Qurbonov, Koreya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Von Do Yon, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abduşukur Hamzayev, Ekologiya qömitasi, Örmon xöjaligi agentligi va Piskent tumani hokimligi vakillari, KOICA ekspertlari, viloyatdagi hududiy davlat örmon xöjaliklari rahbarlari hamda jurnalistlar iştirok etdi.
Tadbirni oçib berar ekan, Ğolibjon Qurbonov sönggi yillarda davlat rahbari taşabbusi bilan mamlakatda yangi örmonzorlar barpo etiş va yaşil hududlarni kengaytiriş borasida salmoqli işlar amalga oşirilayotganini ta’kidladi.
«Yaqinda Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida yiliga millionlab sifatli köçat yetiştiriş imkoniyatiga ega zamonaviy köçat yetiştiriş markazi faoliyati yölga qöyildi.
Joriy yilda Andijon viloyatida ham umumiy maydoni 5,5 gektar bölgan intellektual köçatxonalar majmuasi taşkil etildi. Uşbu köçatxonalar umummilliy “Yaşil makon” loyihasini rivojlantirişning yangi bosqiçiga olib çiqişga xizmat qiladi.
Bugun Toşkent viloyatining Piskent tumanida foydalanişga topşirilayotgan intellektual köçatxonalar uşbu ezgu taşabbuslarning mantiqiy davomidir. Örmon xöjaligi agentligi nomidan Koreya Respublikasi hukumatiga, KOICA agentligiga va loyihani amalga oşirişga hissa qöşgan, zamonaviy majmua barpo etilişiga bevosita kömaklaşgan barça hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz», — dedi Ğolibjon Qurbonov.
Marosim doirasida majmua taşkil etilgani munosabati bilan yodgorlik toşi oçildi, mehmonlar uning hududiga daraxt köçatlarini ekişdi. Şundan söng iştirokçilar köçatxonalar faoliyati va ularning infratuzilmasi bilan tanişdi.
KOICA bilan hamkorlikdagi loyiha 2024–2028 yillarga möljallangan bölib, uning umumiy qiymati 7,7 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Majmua köçat yetiştirişga ixtisoslaşgan Toşkent davlat örmon xöjaligining Döngqörğon uçastkasi hududida qurilgan. Bu yerda 14 ta intellektual issiqxona faoliyat yuritadi, majmuaning umumiy maydoni esa 7 gektarni taşkil etadi.
Issiqxonalar içki muhitni muntazam kuzatib boruvçi avtomatlaştirilgan tizimlar bilan jihozlangan. Ular mahalliy iqlim şaroitiga moslaşgan sifatli köçat yetiştiriş uçun maqbul şaroit yaratiş imkonini beradi.
Intellektual texnologiyalar asosida köçat yetiştiriş örmon xöjaligini rivojlantiriş, köçatçilik samaradorligini oşiriş va iqlim özgarişiga moslaşişda muhim ahamiyatga ega. Loyiha doirasida mahalliy iqlim şaroitiga mos köçatlarni yetiştiriş, payvandlaş va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş böyiça öquv seminarlari ham ötkazilmoqda.
Loyihani amalga oşiriş örmon xöjaligidagi mavjud infratuzilmadan yana-da samarali foydalaniş, yangi iş örinlarini yaratiş, şuningdek, daraxt va butalarning turli navlarini köpaytiriş imkoniyatlarini kengaytirişga ham xizmat qiladi.
Majmuada köp miqdorda daraxt va butalar köçatlarini yetiştiriş, örmon xöjaliklarini sifatli köçatlar bilan ta’minlaş, respublika hududlarida yangi yaşil maydonlar barpo etiş, örmonlarni tiklaş va yangilarini yaratiş, şuningdek, qurğoqçil hududlarda çöllanişning oldini oliş imkoniyati yaratiladi.
Koreyalik mutaxassislarning ta’kidlaşiça, intellektual issiqxonalar bir qator afzalliklarga ega. Ularning asosiysi — ilğor uskunalardan foydalaniş hisobiga suvni sezilarli darajada tejaşdir.
Köçatlar tuproqda emas, balki maxsus konteynerlarda yetiştiriladi. Şu bois bir yil davomida örtaça köçat ekişga tayyor holatga keltirilişi mumkin.
Avtomatlaştirilgan boşqaruv qöl mehnati hajmini kamaytiradi: barça jarayonlar maxsus dasturiy ta’minot yordamida amalga oşiriladi. Bu köçatlarning sifatli rivojlanişiga yordam beradi. Bundan taşqari, konteynerlarda yetiştirilgan köçatlarni taşiş va toğli hududlarga ekiş ança oson. Bu xarajatlarni ham kamaytiriş imkonini beradi.
Ma’lumot uçun, joriy yilning töqqiz oyida Örmon xöjaligi agentligi tizimidagi örmon xöjaliklari örmon xöjaligi va kökalamzorlaştiriş ehtiyojlari uçun 1 100 tonna daraxt va buta uruğlarini tayyorladi. 1 035 gektar maydonda mahalliy tuproq-iqlim şaroitiga moslaşgan 101,6 million tup uruğköçat va köçat yetiştirilmoqda hamda parvarişlanmoqda.
Piskentdagi intellektual köçatxonada joriy etilgan texnologiyalar suvdan oqilona foydalaniş, köçatlarni nazorat qilinadigan şaroitda yetiştiriş va ularning sifatini oşiriş imkonini beradi. Kelgusida uşbu tajribani respublikaning boşqa örmon xöjaliklarida ham joriy etiş rejalaştirilgan.