O‘zbekiston

Özbekiston va Qozoğiston parlamentlararo komissiya tuzişni muhokama qildi

Özbekiston va Qozoğiston parlamentlararo komissiya tuzişni muhokama qildi
Özbekiston va Qozoğiston parlamentlararo komissiya tuzişni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Qozoğiston Qurultoyi raisi Aybek Arkabayuli bilan uçraşuv ötkazdi.

Tomonlar parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş va ikki davlat örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini rivojlantirişga, şuningdek, yuqori darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişda parlamentlarning rolini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv iştirokçilari savdo-iqtisodiy hamda transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni faollaştiriş, şuningdek, ikki davlat hududlari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Parlamentlararo hamkorlik mexanizmlarini takomillaştiriş maqsadida qöşma komissiya tuziş masalasini körib çiqiş va 2027–2028 yillarga möljallangan «yöl xaritasi»ni tayyorlaş taklif etildi. Bundan taşqari, savdo va transport masalalari böyiça muvofiqlaşuvni kuçaytiriş, sun’iy intellektni tartibga soliş hamda şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş sohalarida qonunçilik tajribasini almaşiş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, parlamentlarning tegişli qömitalari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, davlat rahbarlari erişgan kelişuvlarning bajariliş jarayonini muntazam muhokama qilib boriş, ayol parlamentariylar va yoş deputatlar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunida tomonlar parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş böyiça işlarni davom ettiriş va mavjud hamkorlik imkoniyatlaridan yana-da töliq foydalanişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.