Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistondan monetar bölmagan oltin eksporti 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 2,8 mlrd dollarni taşkil etdi. 2025 yilning şu davrida bu körsatkiç 9,8 mlrd dollarga teng bölgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 71,4 foizga kam. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Oltinning umumiy eksport hajmidagi uluşi bir yil içida 35,9 foizdan 10,8 foizga tuşdi. Bir yil avval esa bu borada teskari tendensiya kuzatilgan: 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida monetar bölmagan oltin eksporti 2024 yilning şu davriga nisbatan 69,2 foizga ösgan edi.
2026 yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakat umumiy eksporti 25,8 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga kam. Şu bilan birga, oltin hisobga olinmagan holda tovarlar eksporti 31,6 foizga ösib, 13,3 mlrd dollarga yetdi. Xizmatlar eksporti esa şu davrda 31,1 foizga oşib, 9,7 mlrd dollarni taşkil qildi. Xizmatlarning umumiy eksportdagi uluşi 37,6 foizga yetdi.
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 65,4 mlrd dollarni taşkil etib, 6,3 foizga ösdi. Import 15,7 foizga köpayib, 39,6 mlrd dollarga yetdi. Natijada taşqi savdo taqçilligi 13,7 mlrd dollarni taşkil qildi.