Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Jahon savdo taşkiloti (JST) mamlakatning taşkilotga a’zo bölişi böyiça muzokaralar jarayonining borişi hamda milliy qonunçilikni xalqaro savdo qoidalariga moslaştiriş böyiça keyingi çora-tadbirlarni muhokama qildi.
Uçraşuv 3 noyabr kuni bölib ötdi. Unda Özbekistonning JSTga qöşilişi böyiça Işçi guruh raisi Sung-Yo Çoy (Sung-yo Çoi) boşçiligidagi delegatsiya hamda iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov iştirok etdi.
Tomonlar muzokaralar jarayonining joriy holati, mamlakatda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar va savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanişini körib çiqdi. Şuningdek, qonunçilikni xalqaro savdo tizimi talablarini hisobga olgan holda takomillaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralarning salmoqli qismi agrar sohaga bağişlandi. Tomonlar qişloq xöjaligidagi islohotlar, qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi şartlari hamda JSTga a’zo böliş jarayonida tarmoqni moliyaviy qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qildi.
Bundan taşqari, xizmatlar sohasini tartibga soliş, xalqaro savdo standartlarini qöllaş va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, mintaqaviy integratsiyani rivojlantiriş masalalari ham körib çiqildi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar Özbekistonning JSTga a’zo bölişi böyiça muzokaralarni ilgari suriş, taşqi savdo imkoniyatlarini kengaytiriş va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan keyingi qadamlar yuzasidan fikr almaşdi.