Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 270,8 ming tonna baliq ovlandi. Ötgan yilning şu davriga nisbatan bu körsatkiç 5,8 foizga oşgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Baliq ovlaş hajmi böyiça Toşkent viloyati yetakçilik qildi. Hududda töqqiz oy davomida 43 ming tonna baliq ovlangan. Ikkinçi örinni 38,4 ming tonna körsatkiç bilan Xorazm viloyati, uçinçi örinni esa 32,8 ming tonna baliq ovlangan Jizzax viloyati egalladi.
Buxoro viloyatida baliq ovlaş hajmi 23,1 ming tonnani, Andijon viloyatida 22,7 ming tonnani taşkil etdi. Sirdaryo viloyatida 20,2 ming tonna, Farğona viloyatida esa 18,5 ming tonna baliq ovlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida bu körsatkiç 16,2 ming tonnaga yetdi. Samarqand viloyatida 15,9 ming tonna, Navoiy viloyatida esa 14,7 ming tonna baliq ovlangan.
Hududlar orasida eng kam baliq ovlaş hajmi Namangan viloyatida — 10,4 ming tonna, Surxondaryo viloyatida — 10,2 ming tonna va Qaşqadaryo viloyatida — 4,7 ming tonna qayd etildi.