Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Sanoat uchun isitish tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Germaniyaning Schwank GmbH kompaniyasi vakillari TEXNOPARK korxonasiga tashrif buyurdi.
Tomonlar korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Tashrif davomida Germaniya delegatsiyasiga TEXNOPARK‘ning ishlab chiqarish quvvatlari, qo‘llanilayotgan texnologik jarayonlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar taqdim etildi.
Korxonaning eksport salohiyati va joriy etilgan innovatsion yechimlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning ehtimoliy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.