Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Slovakiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Slovakiyaning Özbekistondagi elçisi Viktor Boreskiy bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar eksport-import operatsiyalarini kengaytiriş va ikki mamlakat kompaniyalarining yangi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini körib çiqdi. Şuningdek, qöşma korxonalar taşkil etiş va davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida Slovakiya tomoni özbekistonlik tadbirkorlar uçun mamlakatdagi investitsiya imkoniyatlari, jumladan, yer uçastkalarini ajratiş şartlari va biznesni qöllab-quvvatlaş çoralari haqida ma’lumot berdi. Uçraşuv iştirokçilari mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga soliş masalalarini ham muhokama qildi.
Slovakiya işbilarmon doiralari vakillari 2026 yil 29 noyabrdan 5 dekabrga qadar bölib ötadigan «New Uzbekistan: Crossroads of Global Markets» xalqaro forumida iştirok etişi kutilmoqda.