Iqtisod

Özbekiston va Eron ipakçilik sohasida hamkorlik qiladi

Özbekiston va Eron ipakçilik sohasida hamkorlik qiladi
Özbekiston va Eron ipakçilik sohasida hamkorlik qiladi / Foto: “Özbekipaksanoat” uyuşmasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekipaksanoat” uyuşmasi va Eron işbilarmon doiralari vakillari ipakçilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi. Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladi.

Uçraşuvda uyuşma raisi Raşid Abdullayev, boşqaruv raisining birinçi örinbosari Miryaşin Sagatov va uyuşma raisining örinbosari Hakimjon Otaxonov iştirok etdi. Eron delegatsiyasi tarkibidan Qum şahri Savdo-sanoat palatasi birinçi vitse-prezidenti va Qum qölda töqilgan gilamlar eksportçilari uyuşmasi boşqaruvi a’zosi Abolfazl Rajabian, uşbu uyuşma prezidenti Javad Kazemi, şuningdek, Vahid Keramatian va Ali Aşari Fard örin oldi.

Muzokaralarning asosiy mavzulari Özbekistonda işlab çiqarilgan ipak mahsulotlarini Eronga eksport qiliş, xomaşyo yetkazib beriş hamda ikki mamlakat tadbirkorlari örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirişdan iborat böldi.

Eronlik işbilarmonlar mahalliy ipakçilik salohiyati bilan tanişiş, mahsulotlar sifatini baholaş va ularni import qiliş imkoniyatlarini örganiş maqsadida Özbekistonga taşrif buyurdi. Xususan, tomonlar Qum şahrida qölda gilam töqişda Özbekiston ipak xomaşyosidan foydalaniş istiqbollarini muhokama qildi.

Işlab çiqaruvçilar va eksportçilar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş, özaro manfaatli yetkazib berişni taşkil etiş va özaro savdo hajmini oşiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlik memorandumining imzolanişi uçraşuvning asosiy natijasi bölib, tomonlarning ipakçilik sohasidagi şeriklikni rivojlantiriş niyatini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.