Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev The Muslim 500 naşrining 2027 yil uçun e’lon qilingan reytingiga köra, dunyodagi eng nufuzli musulmonlarning dastlabki 50 nafari qatoriga kirdi.
Naşr tuzuvçilari Özbekistondagi siyosiy va iqtisodiy özgarişlar, Markaziy Osiyodagi qöşni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlaş hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş jarayonlarini alohida qayd etdi.
Mualliflar prezident faoliyatini baholaşda mamlakat taşqi siyosatining yana-da oçiqlaşgani, islom merosini asrab-avaylaş va islom ilm-fanini rivojlantirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham muhim omillar sifatida körsatdi.
The Muslim 500 naşri har yili Ammon şahrida joylaşgan Qirollik Islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tayyorlanadi. 2009 yildan buyon naşr etib kelinayotgan töplam musulmon dunyosiga sezilarli ta’sir körsatuvçi şaxslarga bağişlangan.
2027 yilgi naşr sözboşisida tuzuvçilar ta’sir tuşunçasi keng ma’noda talqin qilinişini ta’kidlagan. U madaniy, mafkuraviy, moliyaviy, siyosiy va jamiyat hayotining boşqa sohalarida namoyon bölişi mumkin.
Naşrda şaxsning röyxatga kiritilişi tuzuvçilar uning qaraşlari yoki faoliyatini ma’qullaşini anglatmasligi alohida ta’kidlangan.
Tadqiqot metodologiyasida jamoatçilik körsatkiçlari, sörovnomalar natijalari va ekspertlar baholari hisobga olinadi. Röyxatning dastlabki 50 iştirokçisi egallagan örinlari böyiça ketma-ket joylaştirilgan, qolgan 450 nafar şaxs esa aniq örinlar körsatilmagan holda röyxatga kiritilgan.