Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro şahri 2027 yilda YUNESKOning Ijodiy şaharlar tarmoğining 19-yillik konferensiyasiga mezbonlik qiladi.
Taşkilot Özbekistonning uşbu şahrini xalqaro tadbir ötkaziladigan joy sifatida rasman e’lon qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri xabar berdi.
Konferensiyani Buxoroda ötkaziş taşabbusi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil oktyabr oyida Samarqandda bölib ötgan YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi oçilişida ilgari surilgan edi.
Buxoro Markaziy Osiyo, MDH va Turkiy davlatlar taşkiloti orasida tarmoqning yillik konferensiyasini ötkaziş işonib topşirilgan birinçi şahar böladi. Bu qaror Özbekistonning madaniyat, kreativ industriyalar va şaharlarni barqaror rivojlantiriş borasidagi sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini aks ettiradi.
Forumda ijodiy industriyalarni rivojlantiriş, madaniy merosni asrab-avaylaş va undan zamonaviy foydalaniş, yoşlar hamda ijodiy kasb vakillarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, madaniyatning BMT Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişdagi hissasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Konferensiya ötkazilişi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, madaniyat sohasi va kreativ iqtisodiyotga yangi hamkorlar hamda investitsiyalarni jalb qiliş, şuningdek, Özbekistonning turistik va madaniy salohiyatini namoyiş etiş imkonini berişi kutilmoqda.
Buxoro 1993 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. 2023 yilda şahar «Hunarmandçilik va xalq ijodiyoti» yönalişi böyiça Ijodiy şaharlar tarmoğiga qöşildi. Bu uning an’anaviy hunarmandçilik mahorati va madaniy almaşinuv markazlaridan biri sifatidagi örnini yana bir bor tasdiqladi.
YUNESKOning Ijodiy şaharlar tarmoği 2004 yilda taşkil etilgan bölib, 110 dan ortiq mamlakatning 408 ta şahrini birlaştiradi. Uşbu platforma xalqaro hamkorlikka kömaklaşadi hamda madaniyat va ijodiy industriyalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş vositalari sifatida köradi.
Yillik konferensiya tarmoqning asosiy tadbiri hisoblanadi. U iştirokçi şaharlar vakillarini tajriba almaşiş, ijodiy industriyalarni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş va xalqaro şeriklik aloqalarini mustahkamlaş uçun bir maydonga jamlaydi.
Forum dasturidan an’anaviy ravişda yalpi majlislar, Merlar forumi, mavzuli muhokamalar, xalqaro loyihalar taqdimotlari, hamkorlik aloqalarini örnatişga qaratilgan uçraşuvlar va Ijodiy şaharlar yarmarkalari örin oladi.
Buxoroga dunyoning yuzlab ijodiy şaharlari vakillari, munitsipalitetlar rahbarlari, ekspertlar, madaniy taşkilotlar, ijodiy industriyalar va xalqaro tuzilmalar vakillari taşrif buyurişi kutilmoqda.