Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida bolalar boğçasi mudirasi öldirildi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jinoyatga uning turmuş örtoğining aloqadorligi gumon qilinmoqda.
Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berişiça, 29 oktyabr kuni mazkur holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining qasddan odam öldiriş uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Marhuma «Yangi Hayot» mahallasida yaşagan va “Adirobod” mahallasida joylaşgan bolalar boğçasiga rahbarlik qilgan.
Hodisaga oilaviy nizo sabab bölgan bölişi mumkin. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvçi organlar jinoyat tafsilotlarini, jumladan, u qanday sodir etilganini oşkor qilmayapti.
Marhumaning turmuş örtoği jinoyatga aloqador bölişi mumkinligi haqidagi ma’lumot dastlabki tusga ega. Tergovning rasmiy natijalari hozirça ma’lum qilinmagan.