O‘zbekiston

Özbekiston TIV rahbari Anqaradagi TDT yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston TIV rahbari Anqaradagi TDT yiğilişida iştirok etdi
Özbekiston TIV rahbari Anqaradagi TDT yiğilişida iştirok etdi / Foto: Özbekiston Taşqi işlar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov taşkilot sammiti arafasida Anqara şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdi.

Taşqi işlar vaziri öz bayonotida ma’lum qilişiça, yiğiliş iştirokçilari bölajak sammitga tayyorgarlik köriş va TDT doirasida köp tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Erişilgan kelişuvlarni amalda tatbiq etiş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, transport-logistika sohasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş hamda madaniy-gumanitar almaşinuvlarni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, şuningdek, hamkorlikning siyosiy-huquqiy asoslarini mustahkamlaş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va strategik ahamiyatga ega resurslar sohasidagi hamkorlik masalalarini körib çiqdilar. Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sohalarida qöşma taşabbuslarni ilgari suriş ham alohida muhokama mavzusi böldi.

Baxtiyor Saidovning ta’kidlaşiça, global tahdidlar kuçayib borayotgan şaroitda turkiy davlatlarning birligi, özaro işonçi va hamjihatligi mintaqada tinçlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanişni ta’minlaşning muhim omillari bölib qolmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.