Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahri va Oppenheimer & Co. investitsiya-bank kompaniyasi özaro hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzoladi. Tomonlar investitsiyalarni jalb qiliş va şahar loyihalarini moliyalaştiriş sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişni rejalaştirmoqda.
Hujjat Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqovning Oppenheimer & Co. kompaniyasining Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika mintaqasidagi investitsiya-bank yönalişi böyiça boş ijroçi direktori Maks Lami bilan uçraşuvi yakunlari böyiça imzolandi.
Tomonlar Toşkentning xalqaro kapital bozorlariga çiqiş istiqbollarini, jumladan, munitsipal obligatsiyalar çiqariş imkoniyatini muhokama qildi. Şuningdek, yirik infratuzilma va şaharsozlik loyihalarini amalga oşiriş uçun investitsiyalarni jalb qiliş mexanizmlari körib çiqildi.
Uçraşuv iştirokçilari davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, xalqaro moliyaviy vositalarni qöllaş va şahar moliyasini boşqariş böyiça xorijiy tajribani örganiş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Bundan taşqari, mahalliy mutaxassislarning malakasini oşiriş imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Kelişuv xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlikni kengaytiriş uçun asos bölişi, şuningdek, Toşkentda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş uçun qöşimça moliyalaştiriş manbalarini jalb qilişga yordam berişi kutilmoqda.