Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari bilan yaşil iqtisodiyot va iqlimni moliyalaştiriş sohalarida umumiy qiymati 8,3 mln dollar va 5,5 mln yevroga teng loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar 9–20 noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) doirasida ötkazildi. Vazirlik delegatsiyasi xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan uçraşuvlar taşkil etdi.
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Milliy energiya samaradorligi agentligi bilan qiymati 1,4 mln dollar bölgan loyiha muhokama qilindi. U atrof-muhitga salbiy ta’sir körsatuvçi subsidiyalarni qayta yönaltiriş, jamoat binolarining energiya samaradorligini oşiriş, şuningdek, yaşil investitsiyalar va moliyalaştiriş mexanizmlarini rivojlantirişni nazarda tutadi.
Tomonlar integratsiyalaşgan byudjetlaştirişni joriy etiş masalalarini ham körib çiqdi. Muzokaralar yakunida uşbu yönalişlardagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça uç tomonlama hujjat almaşildi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan umumiy qiymati 5,5 mln yevro bölgan loyihalar muhokama qilindi.
Uşbu loyihalar hududlarning master-rejalarini işlab çiqiş, ekologik toza biznes amaliyotini joriy etiş hamda energiya va resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça pilot loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutadi. Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlik hujjatlarini almaşdi.
Yana bir qiymati 1 mln dollar bölgan loyiha Yaşil ösiş global instituti (GGGI), Koreyaning Green New Deal Trust Fund (KGNDTF) jamğarmasi va Milliy energiya samaradorligi agentligi bilan muhokama qilindi. Loyihaning maqsadi Özbekiston sanoatida energiya tejaş salohiyatini baholaş hamda iqlimga ta’sirni kamaytirişga qaratilgan iqtisodiy jihatdan asoslangan mintaqaviy loyihalarni tayyorlaşdan iborat.
Bundan taşqari, Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) va Expertise France taşkiloti bilan qiymati 400 ming dollar bölgan «Yaşaş uçun qulay va samarali şaharlar» loyihasi muhokama qilindi. U şahar infratuzilmasini barqaror rivojlantirişga qaratilgan. Muzokaralar yakunida tomonlar dasturni qöllab-quvvatlaş böyiça uç tomonlama hujjatlarni almaşdi.
Singapur vakillari bilan ham alohida uçraşuv bölib ötdi. Unda Parij bitimining 6.2-moddasi doirasidagi hamkorlik, xalqaro uglerod bozori mexanizmlarini joriy etiş hamda Özbekistonning uşbu sohadagi huquqiy va institutsional asoslarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro uglerod birliklari savdosida iştirok etiş, tajriba almaşiş va amaliy hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.