Özbekiston

2014 yildan beri qidiruvda bölgan şaxs AQŞdan Özbekistonga ekstraditsiya qilindi

2014 yildan beri qidiruvda bölgan şaxs AQŞdan Özbekistonga ekstraditsiya qilindi
2014 yildan beri qidiruvda bölgan şaxs AQŞdan Özbekistonga ekstraditsiya qilindi / Foto: Jizzax viloyati IIB.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Davlat çegarasini noqonuniy kesib ötişda ayblanayotgan va 2014 yildan beri qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi AQŞdan ekstraditsiya qilinib, Jizzax prokuraturasiga topşirildi. Bu haqda Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga köra, gap 1978 yilda tuğilgan Yu. N. ismli fuqaro haqida bormoqda. U Özbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan edi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida erkak AQŞda qölga olinib, Özbekistonga qaytarildi. Mamlakatga yetib kelganidan söng u Jizzax şahar prokuraturasiga topşirildi.

Viloyat IIBda xabar berişlariça, qidiruvda bölgan boşqa şaxslarning qayerdaligini aniqlaş va ularni mamlakatga qaytariş böyiça işlar davom ettirilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.