Iqtisod

Toşkent viloyati va Yaponiya iqtisodiy aloqalarni kengaytirişni muhokama qildi

Toşkent viloyati va Yaponiya iqtisodiy aloqalarni kengaytirişni muhokama qildi
Toşkent viloyati va Yaponiya iqtisodiy aloqalarni kengaytirişni muhokama qildi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati va Yaponiyaning Ayti prefekturasi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Viloyat delegatsiyasining Yaponiyaga taşrifi doirasida Toşkent viloyati hokimining örinbosari Jahongir Mamajonov Özbekistonning Nagoya şahridagi faxriy konsuli Xiroyuki Ito bilan uçraşdi.

Tomonlar hududlararo aloqalarni rivojlantiriş, Yaponiya investitsiyalarini jalb qiliş va işbilarmonlik munosabatlarini kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Xiroyuki Ito Toşkent viloyati bilan hamkorlik qiliş salohiyati yuqori ekanini ta’kidlab, Nagoya şahri va Ayti prefekturasidagi yirik işbilarmonlik federatsiyalari, iqtisodiy birlaşmalar hamda savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikni faollaştiriş muhimligini qayd etdi.

U mazkur taşkilotlar bilan uçraşuvlarni taşkil etişga kömaklaşiş va viloyatda loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirgan Yaponiya kompaniyalarini jalb qilişga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar davomida 2027 yil fevral oyida Yaponiya kompaniyalari delegatsiyasining Toşkent viloyatiga taşrifini taşkil etiş va kengaytirilgan biznes-forum ötkaziş taklif qilindi.

Forum doirasida yapon tadbirkorlariga viloyatning investitsiyaviy salohiyati, sanoat zonalari va istiqbolli loyihalarini taqdim etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan B2B uçraşuvlarini taşkil etiş va korxonalar faoliyati bilan tanişiş közda tutilgan.

Tomonlar taşabbusni amaliy jihatdan işlab çiqişni boşlaş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş hamda bölajak taşrifda iştirok etişi mumkin bölgan Yaponiya kompaniyalari röyxatini şakllantirişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.