Iqtisod

Özbekiston “Jartepa” erkin savdo zonasini işga tuşirişni tezlaştirmoqda

Özbekiston “Jartepa” erkin savdo zonasini işga tuşirişni tezlaştirmoqda
Özbekiston “Jartepa” erkin savdo zonasini işga tuşirişni tezlaştirmoqda / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining örinbosari Ibrohim Ergaşev 23–24 oktyabr kunlari Samarqand viloyatiga taşrif buyurib, Urgut tumanida “Jartepa” erkin savdo zonasini taşkil etiş işlari bilan tanişdi. Şuningdek, u eksportni rivojlantiriş masalalari böyiça mas’ullar va tadbirkorlar bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Taşrif davomida savdo va logistika infratuzilmasini yaratiş, bojxona nazoratini taşkil etiş, kiriş yöllarini quriş hamda Tojikiston bilan çegaradan ötiş tartiblarini soddalaştiriş masalalari körib çiqildi.

Videokonferensiya şaklidagi muloqotda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari Tojikiston Iqtisodiy rivojlaniş va savdo vazirligi hamda Panjikent ma’muriyati vakillari bilan çegaraoldi savdosi şartlari va “Jartepa” zonasini işga tuşiriş böyiça keyingi qadamlarni muhokama qildi.

Bundan taşqari, Samarqand viloyatining 50 dan ortiq eksportçisi iştirokida oçiq muloqot ötkazildi. Unda logistika, bojxona tartib-taomillari, moliyalaştiriş va sertifikatlaş masalalariga oid 30 dan ortiq murojaat körib çiqildi. Ayrim masalalar uçraşuvning özida hal etildi.

Taşrif yakunlari böyiça erkin savdo zonasini işga tuşirişni tezlaştiriş, tadbirkorlar uçun mavjud tösiqlarni bartaraf etiş va eksport faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlar, mas’ul ijroçilar hamda ularni amalga oşiriş muddatlari belgilab olindi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.