Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 2030 yilga qadar içki yönalişlarda yölovçi taşiş hajmini yiliga 2 mlrd kişiga yetkazişni rejalaştirmoqda. Buning uçun temir yöl, havo va avtomobil transportini yagona tizimga birlaştiriş közda tutilgan. Şu maqsadda 2030 yilgaça mahalliy yölovçi taşişni rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş taklif etilmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasida ma’lum qilingan.
Strategiyaning asosiy körsatkiçlari
2025 yilda içki yönalişlardan 1 628,1 mln yölovçi foydalangan. 2030 yilga borib, jamoat transportida taşiladigan yölovçilar sonini 1 977,5 mln kişiga, aviatsiyada 2,5 mln kişiga yetkaziş, temir yöl transportida esa bu körsatkiçni hozirgi 9,9 mln kişidan 20 mln kişiga oşiriş rejalaştirilgan. Transport xizmatlari hajmi 188 trln sömdan 320 trln sömga yetkazilişi közda tutilgan.
Hujjatda Toşkent, Samarqand, Buxoro, Urganç, Nukus va Farğonada oltita transport uzelini taşkil etiş, vokzallar, aeroportlar va avtovokzallarni özaro boğlaydigan 20 ta jamoat transporti yönalişini işga tuşiriş nazarda tutilgan. Yirik şaharlarda vokzallar va aeroportlar örtasida uçta temir yöl liniyasi barpo etiladi.
Transport parki ham yangilanadi. Mahalliy yönalişlarda qatnaydigan elektropoyezdlar soni 7 tadan 30 taga, yölovçi vagonlari soni esa 537 tadan 650 taga yetkaziladi. Toşkent, Nukus va viloyatlar markazlarida jamoat transporti tarkibidagi elektrobuslar uluşi 15 foizdan 30 foizga oşirilişi kerak. Bundan taşqari, 2026–2030 yillarda 58 ta avtovokzal va avtostansiya quriladi hamda rekonstruksiya qilinadi. Davlat-xususiy şeriklik asosida boşqariladigan transport obyektlari soni esa bittadan sakkiztaga yetkaziladi.
Yagona çipta va raqamli platforma
2028 yil 1 yanvardan Transport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda «Bir yöl» milliy platformasini işga tuşirişi kerak. U orqali yölovçilar poyezdlar, samolyotlar, avtobuslar va şahar transportining yönalişlari, jadvali, narxlari hamda böş joylari haqida ma’lumot olişi, «eşikdan eşikkaça» safarni rejalaştirişi, yagona elektron çipta va transferni rasmiylaştirişi mumkin böladi. Yagona platformadan foydalanuvçilar uluşini 25 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
«Toşkent aeroporti — Urganç aeroporti — Xiva vokzali» yönalişida yagona çiptaning pilot loyihasi 2027 yil 1 iyuldan boşlanişi kerak. Poyezdlar, aviareyslar va avtobuslar jadvallari sun’iy intellekt tizimlari yordamida töliq qayta işlanib, özaro muvofiqlaştiriladi. Toşkent davlat transport universiteti 2028 yil 1 yanvarga qadar yölovçilar oqimini prognoz qiliş tizimini işlab çiqadi.
Hududiy loyihalar
Toşkent aglomeratsiyasida 2027 yil iyul oyidan “Toşkent-Şimoliy” va “Toşkent-Janubiy” vokzallari, xalqaro aeroport hamda markaziy avtovokzal örtasida yagona transport boğlanişi yölga qöyiladi. Çirçiq, Yangiyöl, Angren va Olmaliqdan qatnaydigan şahar atrofi elektropoyezdlari soni 1,5 barobarga oşiriladi. Yölovçilarga metro yönalişlariga bevosita ötiş imkoniyati ham yaratiladi.
Samarqandda 2027 yil oxiriga qadar aeroport, vokzal va asosiy diqqatga sazovor joylar örtasida turistik şattl avtobuslari qatnovi yölga qöyiladi. Buxoroda 2028 yil fevral oyidan vokzaldan aeroport, Eski şahar va mehmonxonalargaça ekspress avtobuslar harakati taşkil etiladi.
Farğona vodiysida 2028 yil oxiriga qadar «Qöqon — Pop — Namangan — Andijon — Marğilon — Qöqon» halqa yönalişidagi elektropoyezdlar soni ikki barobarga oşiriladi. Nukusda esa 2027 yil oxirigaça E. Alakuza köçasida tezkor avtobus yönalişlari tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etila boşlaydi.
Imtiyozlar va rağbatlantiriş çoralari
2027–2029 yillarda şahar atrofi poyezdlari, şuningdek, şahar atrofi va şaharlararo avtobuslarga elektron çipta sotib olgan yölovçilarga kamida 20 foiz çegirma beriladi. 2030 yil 1 yanvardan boşlab uşbu yönalişlarda yöl haqi faqat naqd pulsiz şaklda tölanadi. Uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarga elektron çipta olgan yölovçilar jönaşdan oldingi va manzilga yetib kelgandan keyingi 12 soat davomida şahar atrofi poyezdlaridan bepul foydalanişi mumkin böladi.
2027 yil oxiriga qadar olib kiriladigan “Yevro-5” va undan yuqori ekologik standartlarga javob beruvçi yangi avtobuslar hamda elektrobuslar utilizatsiya yiğimidan ozod qilinadi. 2027–2030 yillarda vokzallar, avtovokzallar va aeroportlar mol-mulk soliği hamda yer soliğini tölamaydi.
2027 yil 1 iyuldan yirik transport terminallarida kamida bir soatlik bepul Wi-Fi, terminallar orqali rasmiy taksi buyurtma qiliş va bagajni 24 soatgaça bepul saqlaş xizmatlari joriy etila boşlaydi.
Moliyalaştiriş va nazorat
2026–2030 yillarga möljallangan kapital qöyilmalarning umumiy hajmi 4 574,3 mln dollarga baholangan. Uning asosiy qismi davlat-xususiy şeriklik loyihalaridagi xususiy şeriklar hissasiga — 2 229,1 mln dollar, davlat şeriklari hissasiga esa 1 254,5 mln dollar töğri keladi. Hujjatda keltirilgan raqamlar dastlabki ekani va texnik-iqtisodiy asoslar işlab çiqilganidan keyin aniqlaştirilişi ta’kidlangan.
Strategiyani umumiy muvofiqlaştiriş Transport vazirligi zimmasiga yuklatiladi. Vazirlik 2027 yildan boşlab uning amalga oşiriliş jarayonini har yili baholab boradi.