Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi vakillari Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi (MLIT) delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar zilzilabardoş binolarni loyihalaş va qurişda Yaponiya tajribasini örganiş hamda joriy etiş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Uçraşuvda ikki mamlakatning şaharsozlik va arxitektura sohalaridagi hamkorligini rivojlantiriş masalalari ham körib çiqildi.
Delegatsiya tarkibida Özbekistonga Yaponiyaning Nippon Koei Co., Ltd. kompaniyasi vakillari ham taşrif buyurdi. Ular Yaponiya tajribasi asosida binolarning seysmik mustahkamligini oşiriş sohasida hamkorlikni taşkil etiş böyiça takliflarni taqdim etdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş böyiça işlarni davom ettirişga kelişib oldi. Şuningdek, istiqbolli yönalişlarni belgilaş va kelişilgan taşabbuslarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş niyatini bildirdi.