Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Fransiya energetika, suv ta’minoti, transport hamda kommunal infratuzilma sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar 27 oktyabr kuni Özbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov hamda Fransiya Yevropa va taşqi işlar vazirligining şaharlarni barqaror rivojlantiriş va transport masalalari böyiça vakili Jerar Volf boşçiligidagi fransuz delegatsiyasi örtasida bölib ötdi.
Uçraşuvda Fransiyaning SUEZ, EDF, ALSTOM, VEOLIA, IVECO, MND, Dassault Systèmes va WILMOTTE & ASSOCIÉS kompaniyalari vakillari iştirok etdi.
Özbekiston tomoni iqtisodiy ösişning yangi modelini şakllantirişga qaratilgan islohotlar, şuningdek, mamlakatning mehnat resurslari salohiyati va içki bozor imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Fransiya kompaniyalari Özbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirdi. Muhokamalar davomida aholi sonining ösişi va infratuzilmaga bölgan ehtiyojning ortişi ham hisobga olindi.
Tomonlar hududlarda issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qiliş, suv ta’minotini yaxşilaş va jamoat transportini takomillaştiriş böyiça takliflarni körib çiqdi. Temir yöl sohasi va logistika tizimlarini raqamlaştiriş ham muhokama qilingan yönalişlardan biri böldi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar ustuvor yönalişlardagi loyihalarni birgalikda işlab çiqiş va Özbekiston bilan Fransiya örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.