Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Jahon banki kasbiy könikmalarni rivojlantiriş hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun işga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan qöşma loyihani tayyorlaş masalalarini muhokama qildi.
Hamkorlik masalalari Özbekiston kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Botir Zohidov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida ijtimoiy himoya va bandlik yönalişi böyiça amaliyot rahbari Paolo Belli örtasida körib çiqildi.
Uçraşuvdagi asosiy mavzulardan biri «Könikmalarni rivojlantiriş va iqtisodiy inklyuziya orqali samarali bandlikni ta’minlaş» nomli loyihani birgalikda tayyorlaş böldi.
Tomonlar kasbiy ta’lim, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini işga joylaştirişga kömaklaşiş va ularning mehnat bozoridagi iştirokini kengaytiriş sohalaridagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşdilar.
Özbekiston tomoni, şuningdek, xususiy sektor bilan hamkorlik qiliş, oilaviy tadbirkorlarni kooperativlarga birlaştiriş hamda vazirlik faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş böyiça tajribasini taqdim etdi.
Taqdim etilgan xabarda rejalaştirilayotgan loyihaning tafsilotlari, uni tayyorlaş muddatlari va moliyalaştiriş hajmi keltirilmagan.