Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (Özatom) direktori Azim Axmedxadjayev 6 noyabr kuni Jizzax viloyati Foriş tumanidagi Bogdon qörğonida sayyor fuqarolar qabulini ötkazdi.
Gibrid formatda taşkil etilgan uçraşuvda qariyb 500 nafar kişi iştirok etdi. Murojaatlarning asosiy qismi atom elektr stansiyasi qurilişi loyihasi uçun aholini iş bilan ta’minlaş va kadrlar tayyorlaş masalalariga taalluqli böldi.
Qabulda Foriş tumani hokimi, Özatomning tegişli bölinmalari rahbarlari, AES qurilişida iştirok etayotgan taşkilotlar vakillari, şuningdek, ta’lim muassasalari hamda ixtisoslaştirilgan taşkilotlar rahbarlari qatnaşdi.
Aholi vakillari işga joylaşiş, ta’lim oliş, amaliyot ötaş va örta böğin mutaxassislarini tayyorlaş masalalarini kötardi. Azim Axmedxadjayev agentlik vakolatiga kiradigan murojaatlarni körib çiqib, zarur tuşuntirişlar berdi. Qolgan masalalar esa keyinçalik körib çiqiş uçun qayd etildi.
Uçraşuv davomida Foriş tumanida ixtisoslaştirilgan sanoat zonasini taşkil etiş, atomçilar şaharçasini quriş hamda kelgusi yildan örta böğin mutaxassislarini tayyorlaş dasturlarini yölga qöyiş rejalari ham taqdim etildi.
Özatom rahbarining ta’kidlaşiça, loyiha obyektlariga işga qabul qilişda mahalliy aholi vakillariga ustuvorlik beriladi. Bu esa mintaqa aholisini iş bilan ta’minlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi kerak.
Axmedxadjayev loyihaning amalga oşirilişi va u bilan boğliq imkoniyatlar haqida aholini xabardor qilişda fuqarolar bilan oçiq muloqot muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Qabul davomida kelib tuşgan barça murojaatlar hujjatlaştirilib, nazoratga olindi.
Agentlik aholi bilan uçraşuvlarni davom ettiriş va fuqarolarni AES qurilişi loyihasining amalga oşirilişi haqida xabardor qilib borişni rejalaştirmoqda.