Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Farğona viloyati delegatsiyasi Belarusga işçi safari davomida göşt va sut sanoatidagi ilmiy işlanmalar hamda zamonaviy texnologiyalar bilan tanişdi.
Minsk şahrida viloyat delegatsiyasi vakillari, jumladan, Farğona viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boşqarmasi xodimlari Belarus Milliy fanlar akademiyasining Göşt-sut sanoati institutiga taşrif buyurdi.
Belaruslik mutaxassislar mehmonlarga institutning asosiy ilmiy tadqiqot yönalişlari, laboratoriyalarining imkoniyatlari va işlab çiqariş jarayonlarining öziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, göşt va sut mahsulotlarini qayta işlaşda qöllanilayotgan innovatsion yeçimlar namoyiş etildi.
Uçraşuv iştirokçilari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlaş, qayta işlaşda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş hamda mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşiriş masalalarini muhokama qildi. Korxonalarda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş va sohani modernizatsiya qilişda xalqaro tajribadan foydalaniş böyiça ham fikr almaşildi.
Belarus Milliy fanlar akademiyasining Göşt-sut sanoati instituti tegişli mahsulotlarni qayta işlaş sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi, yangi texnologiyalarni işlab çiqadi va ularni sanoat işlab çiqarişiga joriy etadi.
Belarus tajribasini örganiş oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, qayta işlaş korxonalari samaradorligini oşiriş va Farğona viloyatida zamonaviy texnologik yeçimlardan foydalaniş kölamini kengaytirişga yordam berişi kutilmoqda.