Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistondagi yirik korxonalar 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 25,5 trln sömlik içimliklar işlab çiqardi. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 11 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Içimliklar işlab çiqarişning eng katta hajmi Toşkent şahri hissasiga töğri keldi. Poytaxt korxonalari 14,9 trln sömlik mahsulot işlab çiqardi. Bu respublika böyiça umumiy körsatkiçning yarmidan köpini taşkil etadi.
Toşkent viloyatida içimliklar işlab çiqariş hajmi 4,1 trln sömga, Xorazm viloyatida 1,9 trln sömga, Samarqand viloyatida 1,6 trln sömga yetdi. Namangan viloyatida esa uşbu körsatkiç 1,4 trln sömni taşkil qildi.
Qolgan hududlarda işlab çiqariş hajmi ança past böldi. Jumladan, Buxoro viloyatida 414,2 mlrd sömlik, Qoraqalpoğiston Respublikasida esa 378,9 mlrd sömlik içimliklar işlab çiqarildi.
Qaşqadaryo viloyatida bu körsatkiç 177,8 mlrd sömni, Farğona viloyatida 162,8 mlrd sömni, Sirdaryo viloyatida 154,9 mlrd sömni taşkil etdi.
Surxondaryo viloyatida 127,8 mlrd sömlik, Andijon viloyatida 114,4 mlrd sömlik içimliklar işlab çiqarildi. Jizzax viloyatida işlab çiqariş hajmi 75,2 mlrd sömni, Navoiy viloyatida esa 21,1 mlrd sömni taşkil qildi.