Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda Yangi Toşkent va boşqa hududlarda yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Investorlarga soliq imtiyozlari, jumladan, foyda soliği stavkasini 1 foizgaça pasaytiriş imkoniyati beriladi.
Prezidentning tegişli PF-243-son farmoni 2026 yil 10 noyabrda qabul qilindi. Hujjat qiymati 50 million dollardan boşlanadigan şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş va turistik salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan.
Şuningdek, yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişdagi ma’muriy tösiqlar va byurokratik ğovlarni bartaraf etiş ham belgilangan maqsadlar qatoriga kiradi.
«Tartibga soliş qumdoni» mexanizmini nazarda tutuvçi maxsus huquqiy rejim farmonga ilova bilan belgilangan hududlarda amal qiladi.
Bunda Yangi Toşkent qurilişi direksiyasiga berilgan vakolatlar, huquqlar va imtiyozlar boşqa maxsus hududlarni taşkil etiş uçun mas’ul direksiyalarga ham tatbiq etiladi.
Xususan, uşbu direksiyalar hududlarni rivojlantirişni rejalaştiriş hujjatlariga qöyiladigan talablarni mustaqil belgilaşi va tasdiqlaşi, sotiladigan yer uçastkalarida barpo etiladigan obyektlarga nisbatan asosiy talablarni belgilaşi, şuningdek, har bir loyiha uçun alohida texnik şartlarni örnatişi mumkin böladi.
Savdo-sanoat palatasi tuşuntirişiga köra, maxsus rejim doirasida şaharsozlik loyihalarini amalga oşirayotgan yuridik şaxslar obyektlarni ijaraga beriş va sotişdan olingan daromadlar böyiça 1 foiz stavkada foyda soliği tölaşi mumkin. Imtiyozli davrning davomiyligi töğridan-töğri investitsiyalar hajmiga boğliq böladi: 50 million dollardan boşlangan investitsiyalar uçun beş yil, 100 million dollardan boşlangan investitsiyalar uçun 10 yil, 500 million dollardan boşlangan investitsiyalar uçun esa 15 yil.
Bundan taşqari, investitsiyalar hajmi 50 million dollardan kam bölmagan şaharsozlik loyihalari doirasida foydalaniladigan obyektlar böyiça yuridik şaxslar 20 yil davomida mol-mulk soliği va yer soliğini tölaşdan ozod etiladi.
Bunday loyihalarni amalga oşiriş uçun boş pudratçi va boş loyiha taşkiloti tomonidan Özbekistonda faoliyat yuritmaydigan xorijiy jismoniy va yuridik şaxslardan xarid qilinadigan xizmatlar qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladi.
Şuningdek, 2040 yil 1 yanvarga qadar şaharsozlik loyihalari doirasida investorlar tomonidan olingan va Özbekiston hududida qayta investitsiya qilingan dividendlar soliqqa tortilmaydi.