Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Google kompaniyasining rivojlanayotgan bozorlarda davlat organlari bilan aloqalar va davlat siyosati masalalari böyiça vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda Google Pay xizmatining işga tuşirilişi yuzasidan fikr bildirib, buni şaxsiy ma’lumotlarni tartibga soliş sohasidagi islohotlar bilan boğladi.
Avnining sözlariga köra, joriy yilda Özbekiston şaxsiy ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni qayta körib çiqib, barça ma’lumotlarni faqat mamlakat hududida saqlaş böyiça universal talabdan voz keçdi. Uning örniga ma’lumotlarni tasniflaş va muvozanatli tartibga solişni nazarda tutuvçi yana-da moslaşuvçan yondaşuv qabul qilindi.
«Hukumatlar xalqaro standartlarga mos aniq qoidalarni joriy etganda, global texnologiyalar bozorga tezroq kirib keladi», deb yozdi Google vakili LinkedIn ijtimoiy tarmoğida.
Avni Google Pay xizmatining işga tuşirilişi Özbekistondagi millionlab aholiga raqamli tölovlardan foydalaniş imkoniyatini oçişini ta’kidladi. Şuningdek, u uşbu voqea tartibga soliş siyosati xalqaro texnologik xizmatlarni joriy etişga qanday ta’sir körsatişini namoyon etişini qayd etdi.
Xizmat işga tuşirilgani haqidagi e’lon AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandda C5+1 formatidagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvida iştirok etiş uçun Özbekistonga taşrifi davomida ma’lum qilindi. Avnining baholaşiça, uşbu taşrif ikki mamlakatning raqamli modernizatsiya jarayonlarini tezlaştirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
U hamkorlikning boşqa istiqbolli yönalişlari sifatida kiberxavfsizlikni mustahkamlaş, bulutli texnologiyalarni rivojlantiriş va raqamli ta’limni rivojlantirişni qayd etdi.
Avni Özbekiston hukumati va AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Xenikaga hamkorlik uçun, şuningdek, loyihani amalga oşirişda iştirok etgan Google jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
«Zamonaviy siyosat faqat qoğozda qolib ketmasligi kerak — u odamlarning hamyoniga bevosita ta’sir körsatadi», deb ta’kidladi u. Şuningdek, Özbekiston misoli tartibga solişga pragmatik yondaşuv texnologiyalarni joriy etiş uçun yangi imkoniyatlar oçişi mumkinligini körsatişini qöşimça qildi.