Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Biznesga buyurtmalar va yetkazib beriş jarayonlarini boşqariş uçun B2B SaaS platformasini işlab çiquvçi Özbekistonning Delever startapi 380 ming dollar investitsiya jalb qildi. Investitsiya raundiga 300 ming dollar kiritgan AloqaVentures vençur fondi rahbarlik qildi. Qolgan 80 ming dollar esa Nexus Club tomonidan investitsiya qilindi.
AloqaVentures uçun bu kompaniyaga kiritilgan takroriy investitsiya hisoblanadi: fond Delever‘ga birinçi marta 2024 yilda sarmoya kiritgan. AloqaVentures va Nexus Angel Club hamkori Davron Parmanovning ta’kidlaşiça, pre-seed bosqiçida fond 100 ming dollar investitsiya qilgan. Uning sözlariga köra, jamoa qisqa vaqt içida zararsizlik nuqtasiga yetgan va yetti mamlakatda ösişni namoyiş etgan.
Hozirda fond qöşimça (follow-on) investitsiyalar ajratmoqda. Parmanovning qayd etişiça, kompaniya uşbu bozorlarni egallaş va faol sur’atlarda kengayişni rejalaştirmoqda. «Jamoa kuçli: ular mahsulot yaratişni ham, uni sotişni ham biladi», — dedi u.
Delever yetkazib beriş xizmatiga ega bizneslar uçun zarur vositalarni yagona tizimda birlaştiradi. U barça savdo kanallaridan buyurtmalarni qabul qiliş, agregatorlar bilan integratsiya, kassa tizimlari, yetkazib beriş jarayoni va kuryerlarni boşqariş imkoniyatlarini taqdim etadi. Hozirda platformadan yetti mamlakatda, asosan Özbekiston va Qozoğistondagi 1 400 dan ortiq restoran va dökon foydalanmoqda.
Jalb qilingan mablağlar kompaniya tomonidan mahsulotni rivojlantiriş, uning imkoniyatlarini kengaytiriş va yangi bozorlarga çiqiş uçun yönaltiriladi. Delever hammuassisi va boş direktori Faxriddin Yusupovning ta’kidlaşiça, yetkazib beriş xizmatiga ega restoranga bir-biridan ajralgan önlab servislar emas, balki yagona tizim kerak. Uning sözlariga köra, AloqaVentures‘ning takroriy investitsiyasi kompaniya uçun mablağ miqdoridan ham muhimroq: fond kompaniya faoliyatini içidan körgan va yana sarmoya kiritişga qaror qilgan.
Delever özini yetkazib beriş xizmatiga ega restoranlar va çakana savdo korxonalari uçun operatsion tizim sifatida taqdim etadi. U savdo kanallari, buyurtmalar, agregatorlar va yetkazib beriş jarayonlarini yagona interfeysda birlaştiradi. Kompaniya IT Park Uzbekistan rezidenti va Astana Hub iştirokçisi hisoblanadi. Delever Ltd. esa Qozoğistondagi Moliya markazida (MFSA) röyxatdan ötgan.