Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyada oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolari farzandlari bilan birga Migratsiya agentligi kömagida Vatanga qaytdi. Safarni taşkil etiş uçun ularga aviaçiptalar olib berildi. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qaytiş jarayoni agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi kömagida taşkil etildi. Moskva, Vladivostok, Yekaterinburg, Perm, Nijniy Novgorod va Novosibirsk şaharlarida bölgan fuqarolarga yordam körsatildi.
Vatanga qaytganlar orasida Qozon şahrida qiyin vaziyatga tuşib qolgan Firuz Sobirov ham bor. Uning sözlariga köra, akasi Laziz Oçilov Özbekistonga qaytişiga yordam berişni sörab Migratsiya agentligiga murojaat qilgan. Natijada uning qaytişi taşkil etilgan.
Yana bir fuqaro işi tugaganidan va yangi iş takliflari bölmaganidan keyin qiyinçiliklarga duç kelganini aytdi. Internet orqali Migratsiya agentligidan yordam oliş imkoniyati borligini bilib, idoraga murojaat qilgan va bepul aviaçipta olgan.
Şirin Jabborova ham Vatanga qaytişiga körsatilgan yordam uçun minnatdorlik bildirdi. Uning ma’lum qilişiça, Qozon şahridagi konsulxona unga Özbekistonga qaytiş uçun guvohnoma rasmiylaştirgan, Migratsiya agentligi esa özi va farzandlari uçun aviaçiptalar taqdim etgan.
Migratsiya agentligi xorijda qiyin vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarni Rossiyadagi agentlik vakolatxonasiga yordam sörab murojaat qilişga çaqirdi.
Vakolatxonaning keça-yu kunduz işlaydigan koll-markazi +7 (495) 803-40-00 raqami orqali faoliyat yuritadi. Şuningdek, +7 (925) 045-47-44 raqami orqali işonç telefoniga qönğiroq qiliş mumkin. Har ikki raqam orqali Telegram, WhatsApp va MAX messenjerlarida ham murojaat yuboriş imkoniyati mavjud.