Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiya islom moliyasi, fintex hamda raqamli moliyaviy xizmatlar sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini körib çiqdi.
Hamkorlik masalalari Özbekiston Markaziy banki raisining örinbosari Sanjar Nosirov va Turkiya prezidenti huzuridagi Investitsiyalar va moliya ofisi Moliya departamenti rahbari, doktor Tarik Akin örtasida Samarqand islom moliyasi forumi — 2026 doirasida muhokama qilindi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv davomida Turkiya tomoni iştirok moliyasi (participation finance) sohasida normativ-huquqiy bazani şakllantiriş böyiça öz tajribasini taqdim etdi. Tarik Akin, şuningdek, uy-joy va avtomobillar xarid qilişda jamğarma asosida moliyalaştiriş modellarini qöllaş haqida ma’lumot berdi.
Muzokaralarning alohida mavzusi moliyaviy texnologiyalar va raqamli xizmatlarni rivojlantiriş böldi. Tomonlar islom moliyasi va fintex yönalişlari böyiça ikki tomonlama işçi guruhlar taşkil etiş imkoniyatini, şuningdek, «Hozir xarid qil, keyin töla» (BNPL) xizmatlarini tartibga soliş yondaşuvlarini muhokama qildi.
Bundan taşqari, uçraşuv iştirokçilari kraudfanding modellarini rivojlantiriş istiqbollari va uşbu sohada tajriba almaşiş masalalarini körib çiqdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ekspertlar darajasidagi hamkorlikni davom ettiriş muhimligini ta’kidlab, muntazam muloqotni yölga qöyişning ehtimoliy şakllarini muhokama qildi.