Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Gruziya kompaniyalari delegatsiyasi 29 oktyabr kuni mamlakatning texnologik ekotizimi, IT sohasida biznes yuritiş şartlari va investitsiya imkoniyatlari bilan tanişiş maqsadida IT Park Uzbekistan‘ga taşrif buyurdi.
Taşrif 2026 yil 28–29 oktyabr kunlari Gruziya delegatsiyasining Özbekistonga amalga oşirgan işbilarmonlik safari doirasida taşkil etildi. Safar ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirişga qaratilgan.
28 oktyabr kuni quriliş, sanoat, qişloq xöjaligi, transport va logistika, axborot texnologiyalari hamda boşqa sohalardagi hamkorlik istiqbollariga bağişlangan Özbekiston–Gruziya biznes-forumi bölib ötdi. Dasturdan B2B va B2G formatlaridagi ikki tomonlama muzokaralar ham örin oldi.
Ertasi kuni Gruziya işbilarmon doiralari vakillari mamlakatning investitsiya muhiti bilan tanişiş dasturi doirasidagi maydonlardan biri — IT Park Uzbekistan‘ga taşrif buyurdi.
Park vakillari uning infratuzilmasi va kompaniyalarning Özbekiston bozoriga kirişi uçun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Delegatsiya, şuningdek, IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini oliş şartlari va rezidentlar uçun amal qiladigan imtiyozlar bilan tanişdi.
Uçraşuvda Özbekiston IT sohasiga investitsiya kiritiş istiqbollariga ham alohida e’tibor qaratildi.
IT Park Uzbekistan‘ga taşrif Özbekiston va Gruziya örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş dasturining bir qismi böldi. Uşbu dastur iqtisodiyotning an’anaviy tarmoqlari bilan bir qatorda axborot texnologiyalari sohasini ham qamrab oldi.