Özbekiston

Toşkent va Sietl birodar şaharlar hamkorligini kengaytirmoqda

Toşkent va Sietl birodar şaharlar hamkorligini kengaytirmoqda
Toşkent va Sietl birodar şaharlar hamkorligini kengaytirmoqda / Foto: Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov boşçiligidagi delegatsiya işçi taşrif bilan AQŞning Sietl şahrida bölib turibdi. Taşrif birodar şaharlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan.

Özbekiston Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Sietldagi binolar va şahar obyektlari milliy bayroğimiz ranglarida yoritildi. Şu tariqa, şahar özbek delegatsiyasini qutlab, Toşkent bilan köp yillik aloqalarini e’tirof etdi.

Toşkent va Sietl 1973 yilda birodar şaharlar maqomini olgan. 1974 yilda Kapitol-Hill hududida “Toşkent” boği oçilgan bölib, u hanuzgaça şahar aholisi uçun dam oliş maskani bölib xizmat qilmoqda.

Delegatsiya boğga taşrif buyurib, uni saqlaş va tarixiy merosini asrab-avaylaş bilan şuğullanuvçi «Toşkent boği döstlari» jamoat guruhi a’zolari bilan uçraşdi.

Şuningdek, Toşkent vakillari Lumen Field stadionida böldi. Uşbu arenada 2026 yilgi futbol böyiça jahon çempionatining oltita uçraşuvi ötkazildi.

Stadion mutaxassislari yirik sport tadbirlarini taşkil etiş tajribasi bilan örtoqlaşdi. Jumladan, ular yil davomida arenadan foydalaniş va uning tadbirlar taqvimida futbol uçraşuvlari, boşqa sport musobaqalari, festivallar, konsertlar hamda oilaviy tadbirlarni uyğunlaştiriş haqida ma’lumot berdi.

Madaniy dastur doirasida delegatsiya Osiyo jahon kinofestivali taşkilotçilari bilan uçraşdi.

Toşkent vakillari hamkasblarini Toşkent xalqaro kinofestivalida iştirok etişga taklif qildi.

Tomonlar, şuningdek, «Toşkent — festivallar şahri» taşabbusi doirasida xalqaro ekspertlar tajribasini jalb qiliş va poytaxtda festival sanoatini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.

Xabarda qayd etilişiça, taşrifga tayyorgarlik işlarini Özbekistonning Sietl şahridagi Boş konsulxonasi jamoasi ta’minlagan.

Diplomatik vakolatxona 2026 yil mart oyida boş konsul Axror Burxonov rahbarligida öz faoliyatini boşlagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.