Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiya çiqindilarni boşqariş sohasidagi hamkorlikni davom ettiriş va amaliy tajriba almaşişga kelişib oldi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Agentlik direktori Şarifbek Hasanov Turkiya Ekologiya, urbanizatsiya va iqlim özgarişi vazirligi vakili Fatix Turanbey bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda çiqindilarni boşqariş sohasidagi hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar çiqindilarni yiğiş, saralaş va qayta işlaş tizimlarini takomillaştiriş böyiça tajriba almaşdilar.
Şuningdek, uçraşuv iştirokçilari zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etiş va mazkur sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni körib çiqdilar.
Turkiyaning amaliy tajribasini Özbekistonda qöllaş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar yakunlari böyiça tomonlar tajriba almaşişni davom ettiriş, amaliy hamkorlikni rivojlantiriş va kelgusida qöşma taşabbuslarni amalga oşirişga kelişib oldilar.