7
Özbekiston

Xalq deputatlari Kengaşi Rayosati instituti joriy etiladi

Xalq deputatlari Kengaşi Rayosati instituti joriy etiladi
Xalq deputatlari Kengaşi Rayosati instituti joriy etiladi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qonun ÖRQ–1188-son bilan “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Kiritilgan qöşimçalarga köra, xalq deputatlari Kengaşi raisining örinbosari lavozimi joriy etilişi belgilandi.

Xalq deputatlari Kengaşi raisi yöqligida yoki u öz zimmasidagi vazifalarni amalga oşirişi mumkin bölmagan hollarda uning vakolatlarini Kengaş raisining örinbosari bajarib turadi. 

Şu bilan birga, Kengaş Rayosati instituti joriy etildi. 

Unga köra, Xalq deputatlari Kengaşi Rayosatining tarkibiga Kengaş raisi, uning örinbosari, partiya guruhlari rahbarlari, doimiy komissiyalar raislari, şuningdek hokim kiradi. 

Xalq deputatlari Kengaşi Rayosati: Kengaş sessiyasining kun tartibi loyihasini şakllantiradi, xalq deputatlari Kengaşining sessiyasini çaqiradi va doimiy komissiyalarning işini muvofiqlaştirib boradi.

Şuningdek, Qonun bilan Kengaş deputatlari savollariga javoblarini eşitiş böyiça “Kengaş soati” instituti joriy etilişi belgilandi.

“Kengaş soati”ni ötkaziş töğrisidagi taklif Kengaş deputatlarining, doimiy komissiyalarning, partiya guruhlarining taşabbusi asosida Kengaş Rayosatida körib çiqiladi. 

“Kengaş soati”ning taşabbuskorlari tomonidan Kengaş deputatlarining tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlariga beriş uçun şakllantirilgan savollari Kengaş raisi tomonidan tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlariga yuboriladi.

Uşbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.