Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrida Farhod köçasidagi yettita svetofor obyektining işlaş tartibi özgartirildi. Buning natijasida yölning uşbu qismidan tirbandlik kuzatilmaydigan vaqtda ötiş davomiyligi 6,5 daqiqadan 4 daqiqaga qisqardi.
Optimallaştiriş işlari Kiçik halqa yölidan Katta Xirmontepa köçasigaça bölgan 1,8 kilometrlik yöl qismini qamrab oldi. Işlar Yöl harakatini taşkil etiş markazi (YHTEM) transport muhandislari jamoasi tomonidan amalga oşirildi.
Mutaxassislar har bir yöl uçastkasida transport oqimlarining yönalişi va jadalligini alohida örganadi, harakat sekinlaşadigan nuqtalarni aniqlaydi hamda çorrahalar faoliyatini baholaydi. Yölning xususiyatlaridan kelib çiqib, muhandislar harakatni tartibga solişning eng maqbul usulini tanlaydi.
Farhod köçasidagi yettita svetofor obyekti uçun yangi sutkalik iş rejalari işlab çiqildi. Ular sutkaning turli vaqtlariga qarab transport harakatining ustuvor yönalişini özgartirişni nazarda tutadi.
Soat 07:00 dan 10:00 gaça svetoforlar Kiçik halqa yöli tomon harakatlanişga ustuvorlik beradigan tarzda sozlangan. Soat 10:00 dan keyingi kunning 07:00 gaça esa Katta Xirmontepa köçasi yönalişidagi transport oqimiga ustunlik beriladi.
YHTEM ma’lumotlariga köra, endi tirbandlik kuzatilmaydigan vaqtda uşbu yöl qismini tört daqiqada bosib ötiş mumkin. Avval svetoforlar iş tartibi özgartirilişidan oldin buning uçun taxminan 6,5 daqiqa talab etilardi.
YHTEM ta’kidlaşiça, yöl harakatini optimallaştiriş faqat şaharning uzun magistral köçalarida «yaşil tölqin» tizimini joriy etişni emas, balki qisqa yöl uçastkalaridagi alohida svetofor obyektlarini sozlaşni ham öz içiga oladi.
Toşkent şahrida yöl harakatini taşkil etiş tizimini takomillaştiriş işlari davom ettirilmoqda.