7
Madaniyat

Özbekistonda ijodiy tanlovlar ğoliblariga pul mukofotlari belgilandi

Özbekistonda ijodiy tanlovlar ğoliblariga pul mukofotlari belgilandi
Özbekistonda ijodiy tanlovlar ğoliblariga pul mukofotlari belgilandi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro hamda respublika tanlovlari ğoliblari uçun pul mukofotlari joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Tanlovlar ğoliblari, şuningdek, ularning öqituvçilari va konsertmeysterlariga mukofotlar tölaş tartibi 2026 yil 11 noyabrdagi 617-son Hukumat qarori bilan tasdiqlangan. Hujjatda tanlovlarda iştirok etiş xarajatlarini qoplaş masalalari ham tartibga solingan.

Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan röyxatga kiritilmagan xalqaro tanlovlar ğoliblariga bir martalik pul mukofoti berilişi uçun uşbu tanlovlar belgilangan mezonlarga javob berişi kerak.

Jumladan, tanlovlarda 30 dan ortiq mamlakat vakillari iştirok etişi lozim. Tanlov haqidagi ma’lumotlar 20 dan ortiq mamlakat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinişi kerak.

Bundan taşqari, tanlov YUNESKO yoki boşqa yirik xalqaro taşkilotlar tomonidan qöllab-quvvatlangan yoki e’tirof etilgan bölişi lozim.

Şuningdek, tanlov kamida törtta saralaş bosqiçini öz içiga olişi kerak.

Nufuzli xalqaro tanlovlar ğoliblari uçun quyidagi miqdorda pul mukofotlari belgilangan:

Gran-pri va birinçi örin sohiblariga 300 million sömdan beriladi. Ikkinçi örin uçun 200 million söm, uçinçi örin uçun esa 100 million söm mukofot ajratiladi.

Respublika tanlovlari ğoliblari uçun ham quyidagi tölovlar nazarda tutilgan: gran-pri va birinçi örin uçun 100 million söm, ikkinçi örin uçun 50 million söm, uçinçi örin uçun esa 25 million söm.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.