7
Özbekiston

Özbekistonda korreksion sinflar uçun subsidiyalar joriy etiladi

Özbekistonda korreksion sinflar uçun subsidiyalar joriy etiladi
Özbekistonda korreksion sinflar uçun subsidiyalar joriy etiladi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda nodavlat ta’lim taşkilotlari alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarni korreksion sinflarda öqitiş xarajatlari uçun subsidiya olişi mumkin böladi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Subsidiyalar ajratiş tartibi 2026 yil 12 noyabrdagi 619-son Hukumat qarori bilan tasdiqlangan. Hujjat nodavlat taşkilotlar tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarga körsatiladigan umumiy örta ta’lim xizmatlarini moliyalaştirişni tartibga soladi.

Korreksion sinf taşkil etiş uçun nodavlat ta’lim muassasasi ta’lim xizmatlari körsatiladigan hududdagi tegişli hududiy boşqarmaga murojaat qilişi kerak. Ariza nazarda tutilgan ma’lumotlar körsatilgan holda “YAMIH” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali yuboriladi.

Ariza körib çiqilganidan söng, rad etiş uçun asoslar mavjud bölmasa, hududiy boşqarma bir iş kuni içida axborot modulida şartnoma tuziş maqsadga muvofiqligi töğrisida xulosa rasmiylaştiradi. Şundan keyin tomonlar örtasida tegişli kelişuv imzolanadi.

Nodavlat ta’lim taşkilotining har bir korreksion sinfidagi öquvçilar soni 12 nafardan oşmasligi kerak.

Har oylik subsidiya miqdori bunday sinfda tahsil olayotgan har bir bola uçun alohida hisoblanadi. Töliq oylik tölov miqdori ta’lim taşkiloti joylaşgan hududga qarab belgilanadi.

Toşkent şahrida har bir öquvçi uçun subsidiya miqdori 11 bazaviy hisoblaş miqdorini (BHM) taşkil etadi. Viloyatlar markazlari va Nukus şahrida 9,5 BHM, qolgan tuman va şaharlarda esa 8,5 BHM miqdorida subsidiya ajratiladi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.