Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ömon energetika, sanoat, transport, moliya va boşqa sohalarda hamkorlik qiliş böyiça hujjatlar töplamini imzoladi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
16 noyabr kuni Masqat şahrida Özbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat salohiyatiga bağişlangan Özbekiston — Ömon biznes-forumi va körgazmasi bölib ötdi. Tadbirlar Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ömonga davlat taşrifi doirasida taşkil etildi.
Forumda ikki mamlakatning yirik kompaniyalari va işbilarmon doiralari vakillaridan iborat 150 nafardan ortiq iştirokçi qatnaşdi.
Tadbirda Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Umon savdo, sanoat va investitsiyalarni rağbatlantiriş vaziri Anvar bin Hilol Al-Jabriy asosiy ma’ruzalar bilan iştirok etdi.
Iştirokçilar özaro savdo hajmini oşiriş, investitsiyalarni jalb qiliş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş imkoniyatlarini muhokama qildi. Erişilgan kelişuvlardan aniq loyihalarni amalga oşiriş bosqiçiga ötiş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Forum dasturidan investitsiyalar, qişloq xöjaligi, töqimaçilik sanoati, moliyalaştiriş, axborot texnologiyalari, quriliş va işlab çiqariş masalalariga bağişlangan panel sessiyalari örin oldi.
Şuningdek, B2B va G2B formatlarida işbilarmonlik uçraşuvlari ötkazildi. Ular davomida ikki mamlakat kompaniyalari va davlat idoralari vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş imkoniga ega böldi.
Tadbir yakunlari böyiça tomonlar energetika, sanoat, transport va logistika, moliya, qişloq xöjaligi hamda texnologiyalar sohalarini qamrab olgan hujjatlar töplamini imzoladi.