Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati va xalqaro konsalting kompaniyasi McKinsey & Company milliy neft-gaz kompaniyasini rivojlantirişning uzoq muddatli strategiyasini işlab çiqiş masalalarini muhokama qildi.
Uçraşuv “Özbekneftegaz” boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Suhrob Hamrayev va McKinsey kompaniyasining global boşqaruvçi hamkori Bob Sternfels örtasida bölib ötdi.
Muzokaralar davomida tomonlar kompaniyaning strategik ustuvor yönalişlarini belgilaş yondaşuvlarini, şuningdek, uzoq muddatli rivojlaniş rejasini şakllantirişda xalqaro tajribadan foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Iştirokçilar “Özbekneftegaz”ning strategik maqsadlarini neft-gaz sohasidagi global özgarişlarni hisobga olgan holda aniq belgilaş zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Jumladan, kompaniyaning mavjud salohiyatidan samarali foydalaniş va barqaror rivojlanişning uzoq muddatli omillarini inobatga oliş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar jahon energetikasidagi özgarişlar va neft-gaz sektorini rivojlantiriş istiqbollarini hisobga oladigan strategik yönalişlarni işlab çiqişga bağişlandi.